Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har bir jamoada sog‘lom muhit hamda xodimlarning murosasiz munosabatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

2023-yil yanvar-aprel yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 2 278,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 41,6 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 27,1 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 30,2 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 40 100 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023- yil 1- iyun holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 51 277 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 102,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 21,8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning 1- may holatiga viloyatimizda 22 513 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

Xorazm viloyatida  joriy yilning 1- may holatiga qurilish sohasida 12 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning 1- may holatiga axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan  mas’uliyati cheklangan jamiyatlari soni 242 tani tashkil etgan.

Bog‘ot tumanida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprelida 113,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Yangiariq tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 2023- yil yanvar-aprel oylarida 248,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 382 ta qurilish tashkiloti tomonidan 300,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-aprel  oylarida  Urganch tumani sanoatida 4,6 mlrd so‘mlik mebel ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoatdagi ulushi 1,4 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-aprel  oylarida  Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 7,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Gurlan tumanida  2023– yilning yanvar-aprel oylarida 59,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Xiva shahrida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan  bozor xizmatlarining umumiy hajmi  167,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2022- yil  shu davriga nisbatan  13,5  %ga oshgani kuzatildi.

Joriy yilning 7- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri A. Qurbonovlar Bog‘ot tumani, “O.Otajonov” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro K.Odamova xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 14,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 088 mehmonxona faoliyat yuritib (oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 5,2 % koʻpaygan), 2,2 mln. kishiga xizmat koʻrsatgan.