31/05/2023

Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 30-31- may kunlari shu turdagi kuzatuvlar viloyatimizning 3 ta hududi – Urganch shahri, Xiva shahri hamda Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tdi.

Kuzatuv jarayonida Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasining mutaxassisi O.Qalandarov, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamovlar ishtirok etishdi.

Xizmatlar sohasi bo‘yicha tashkil etilgan kuzatuvlarda aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi  jismoniy shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan xizmatlarning ko‘rsatkichlari o‘rganildi, shu bilan bir qatorda shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlarning holatini aniqlash, kelgusidagi ish amaliyotida ularda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning oldini olish yuzasidan kuzatuv uchun mas’ul xodimlarga taklif va tavsiyalar berildi.

 

 Axborot xizmati