31/05/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida shu yilning 30- may kuni  “Jaholatga qarshi ma’rifat. Yoshlarni axborot hurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi vakili E.Sapayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning  Urganch shahar bo‘limi bosh mutaxassisi O.Vaisov, shahar bosh imomi X.Kenjayev, statistika boshqarmasining xodimlari ishtirok etishdi.

Har qanday axborotni haqiqat deb qabul qilmaslik, informatsion hurujlarga qarshi bilim, tajriba bilan qarshi tura olish bugungi tahlikali davrda har bir insondan talab etiladigan asosiy  xususiyatdir.  Tadbir ishtirokchilari so‘zga chiqar ekanlar, har bir oilada, mahallada, idora va tashkilotda ijtimoiy-ma’naviy sog‘lom muhitni yaratish, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashning muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlashdi. Shu bilan bir qatorda  uchrashuv davomida mentalitetimizga, jamiyatimizda o‘rnatilgan qadriyatlarga  yot bo‘lgan missionerlik harakatining maqsadi va oqibatlari xususida qizg‘in ma’lumotlar berildi.

Tadbir  ishtirokchilariga  turli diniy guruhlarga bilib-bilmasdan qo‘shilib xorijga ketib qolgan vatandoshlar qismatiga bag‘ishlangan “Soxta da’volar” hujjatli filmi namoyish etildi.


Axborot xizmati