01/06/2023

Bugun, 1- iyun kuni viloyatimizning Urganch va Gurlan tumanlarida o‘zini-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar va yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tdi.
Kuzatuv jarayonida Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasining mutaxassisi O.Qalandarov, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov hamda hududlardan kuzatuv uchun mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Kuzatuv jarayonida o'ziga tegishli avtotransport vositalarida aholiga yuk va yo'lovchi tashish xizmatlarini hamda maishiy xizmatlarni ko'rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyati o'rganildi.

Axborot xizmati