31/05/2023

 Bugun, 31- may kuni  Xiva shahri, Yangiariq va Urganch tumanlarida  aholiga yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan tanlanma kuzatuv o‘tkazildi.

Kuzatuvda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Urganch tumani),  Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasining mutaxassisi O.Qalandarov hamda  viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiev (Yangiariq tumani va Xiva shahri)  ishtirok etishdi.

Mazkur kuzatuvlar shaxsiy avtotransport egalari tomonidan yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha  kunlik qatnovlar soni, yo‘lovchi va yuk  aylanmasi kabi muhim statistik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan.

 

  Axborot xizmati