01/06/2023

Xonqa tumanida faoliyat yuritayotgan 120 ta qurilish tashkiloti tomonidan  2023- yilning 4 oyida umumiy hajmi 109,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda bajarilgan qurilish ishlarining 20,8 foizga o‘sishi kuzatilgan.

Xususan joriy yilning o‘tgan davrida hajmi 23,7 mlrd so‘mlik turar, 10,4 mlrd so‘mlik noturar joylar qurilishi amalga oshirilgan bo‘lib, jami qurilish ishlarining 74,5 foizi yoki 45,8 mlrd so‘mi sohada faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati