Shovot tumanida 2023- yilning 1- avgust holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 199 tani tashkil etib, shundan 1 766 tasi faoliyat yuritgan.

Xonqa tumanida 2023- yilning 7 oyi dastlabki yakunlariga ko‘ra 468.9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Yangiariq tumanida 2023- yilning  yanvar-iyul oylarida 89 ta qurilish tashkiloti tomonidan 118,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-iyul oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 109,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 18,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning  7 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘rtacha 5,7 mln so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,0 % o‘sishni ko‘rsatmoqda.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  viloyatimizga xorijga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 133,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati MDH davlatlaridan 63,9 mln AQSH dollarlik, boshqa xorijiy davlatlardan 260,0 mln dollarlik mahsulot va xizmatlar importini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati 38,7 mln AQSH dollarlik sanoat tovarlarini eksport qilgan.

2023- yilning 7 oyida Xorazm viloyatida 796,1 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda  124,3 mlrd so‘mlik sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-iyul oylarida 1501,5 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.

Gurlan tumanida 2023- yilning dastlabki 7 oyida 142,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-iyuliga nisbatan 121,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarning hajmi 167,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Gurlan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 233 ta sanoat korxonasi tomonidan 314,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 30- avgust kuni Urganch shahridagi “Istiqlol”, “Ko‘hna qal’a” va “Jambul” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi. Shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N. Madrahimova joyiga chiqqan holda uy-joylarning raqamlanganlik va ko‘cha nomlari belgilarining qo‘yilganligi bilan bog‘liq ishlarning monitoringini o‘tkazdi.

Joriy yilning 30- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, statistika idoralari xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. Haftalik 5 narx (oʻrtacha) bozor va doʻkonlarda narxlarni roʻyxatga olish soʻrovnomasi kuzatuvi bugun, 28- avgust kuni Urganch tumanida o‘tkazildi.

Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.