30/08/2023

2023 yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyati MDH davlatlaridan 63,9 mln AQSH dollarlik, boshqa xorijiy davlatlardan 260,0 mln dollarlik mahsulot va xizmatlar importini amalga oshirgan.

Yetti yirik hamkor davlatlar (Braziliya, XXR, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Belarus va Qozog‘iston) jami  viloyat importining 82,5 foizini tashkil etgan.

Importning yuqori hajmi Braziliya (101,6 mln dollar), XXR (59,3 mln dollar), Rossiya Federatsiyasi (36,9 mln dollar) va Turkiya (27,6 mln dollar) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 Axborot xizmati