30/08/2023

Joriy yilning 30- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, statistika idoralari xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Urganch tumani adliya bo‘limi mutaxassisi B.Yusupov va tuman Yuridik xizmat markazi bosh yuriskonsulti S.Berdiqlichyev ishtirok etishdi.

Tadbirda korrupsiyaning jamiyatimiz uchun xavfi va zararli oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini ta’kidlandi.
Bunda har bir xodim mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi, zimmasidagi vazifani bajarishga mas’uliyat bilan yondoshishi zarurligi uqtirib o‘tildi.



Axborot xizmati