Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning  yanvar-iyul oylarida   hajmi 114,4 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning yakunlariga ko‘ra, ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti  hajmi 67,1 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

2023- yilning  1- avgust holatiga Xorazm viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi jami korxona va tashkilotlarning 14,5 %i yoki 226 tasi yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritgan.

2023- yilning  1- avgust holatiga viloyatimizda 4 923 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida oziq va nooziq-ovqat mahsulotlarining narx kuzatuvlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 505,2 ming tonna propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 % ga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 69,8 ming tonna propan va butan ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 55,3 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: mazkur ko‘rsatkich  2022-yilda 55,9 %ni va 2021-yilda 58,9 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 876,0 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi.

2023- yilning 7 oyida Yangiariq tumanida  366,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 7 oyida  Hazorasp tumanida  ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 507,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyul  oylarida Shovot tumanida 354,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 107,0  %ni tashkil qilgan.

Xonqa tumanida joriy yilning yanvar-iyul oylarida  bajarilgan qurilish ishlari hajmi 208,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xiva tumanida  shu yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 244,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib,  jami qurilish ishlaridagi ulushi 79,4 %ni tashkil qilgan.

Yangibozor tumanida 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 179,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 36,5 %i yoki 65,5 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Urganch tumanining shu yilning 7 oyidagi  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 689,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Tuproqqal’a tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 49,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimizning Turkiya davlati bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 37,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan :

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimizga xorijdan 13,4 mln AQSH dollarlik kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar-iyuli bilan solishtirilgan import hajmining o‘sish sur’ati 87,9 %ni tashkil qilgan (12,1 %ga kamaygan).