Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 994,4 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarildi.

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, 219,7 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 38,6 %, sanoat – 15,7 %, qurilish – 7,1 % va xizmatlar sohasi – 38,6 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatining bir qator tumanlarida bugun, 28- avgust kuni avtomobil transportida aholiga yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati tanlanma kuzatildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 680,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 21,9 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 2,4 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 23 362 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Shundan, oʻgʻil bolalar – 12 090 nafar;

                qiz bolalar – 11 272 nafar.

 

Matbuot xizmati 

2023- yilning 1- avgust holatiga Urganch tumanida 3 723 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 2 837 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulush Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 11,0 % ni yoki 20,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning  1- avgust holatiga Qo‘shko‘pir tumanida  faoliyat ko‘rsatayotgan 443 oilaviy korxonaning 133 tasi (30,0 %) sanoat sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Gurlan tumanida 114 ta oilaviy korxona faoliyat yuritib, shundan 34 tasi yoki 29,8 % savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 633,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xiva tumanida 2023- yil yanvar-iyul oylarida  374,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2023- yilning 7 oyida  Bog‘ot tumanida bozor xizmatlarining umumiy hajmi 396,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-iyul oylari bilan solishtirilganda 7,5 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar- iyul oylariga viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan hajmi 975,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 %ni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 350,7 mlrd so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 5,1 % ni tashkil etdi.

📊 Joriy yilning 7 oyida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi (6854,2 mlrd so‘m)ning iqtisodiy faoliya turiga ko‘ra tarkibi:

Xorazm viloyati 2023- yilning yanvar-iyul oylarida  xorijga 71,3 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilgan.