29/08/2023

Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

2023- yilning 29- avgustida  Urganch shahridagi “Ma’rifatchi” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasidagi navbatdagi shunday seminarda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022- yil 24- noyabrdagi 672-sonli qarorlarining qonuni mazmun va mohiyati xususida suhbatlashildi.


                 Axborot xizmati