2023- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 24,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan turli xil tayyor buyumlarni eksport qilgan.

2023- yilning dastlabki 7 oyida  viloyatimiz sanoatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 69,4 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % iga) to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz  sanoatida 3 849,2 mlrd so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida 2 539 ta yangi mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 583 taga ko‘pdir.

2023- yilning 1- avgust holatiga Xorazm viloyatida 3 983 ta sanoat korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ular sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda  tashish va saqlash sohasida 234 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115 taga oshgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning 1- avgust holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 563 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 2023- yilning 7 oyida viloyatda 380,5 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu hajmning tarkibida:

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha 2022- yilning mos davri bilan solishtirilgan holatdagi o‘sish sur’atlari:

2023- yilning avgust oyida oylik INI 100,5 % ni, 2022- yilning dekabriga nisbatan esa 103,8 % ni tashkil etdi. INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati joriy yilning yanvaravgustida 0,5 % ga yetdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,4 %ga).

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 862,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 38,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 97,2 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 109,1 %), 564,7 ming tonna - sut (100,5 %), 244,4 mln. dona – tuxum (100,1 %) yetishtirildi va 7 679 tonna – baliq (117,2 %) ovlandi.

Qo‘shko‘pir tumanida joriy yilning yanvar-iyul oylarida 314 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida  Gurlan tumani xorijga qiymati 15,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Yangibozor tumanidagi sanoat korxonalari tomonidan 224,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 7 oyida Xonqa tumanida  464,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 7 oyida Urganch tumanida  ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 543,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.