Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizdan xorijga 257,4 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilingan.
2022- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 21,6 % ga ko‘paydi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 96,3 %ni tashkil etib, ular oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (44,7%), sanoat tovarlari (35,6 %) va turli xil tayyor buyumlar (11,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati