Shu yilning 5- dekabr kuni Urganch shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida “9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi global muammo hisoblangan mazkur illatga qarshi murosasiz kurashishning yangi bosqichni boshlab berganini ta’kidladi.
Korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, islohotlarga to‘sqinlik qilib, xalqning davlat hokimiyatiga, qonunlarning adolatliligiga bo‘lgan ishonchsizligini keltirib chiqaradi, jamiyat taraqqiyotini ortga suradi. Oqibatda hayot sifati yomonlashib, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalarning ildiz otishi uchun sharoit yuzaga keladi.
Seminarda shular haqida so‘z yuritilar ekan, har bir soha, shu jumladan, statistika idoralari xodimlari avvalo o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi, qonun talablariga rioya qilishlari zarurligi, shundagina ish faoliyatida har qanday salbiy holatlarning oldi olinishi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati