23/02/2023

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 287,1 ming dona yangi yengil avtomobillar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

 Shundan:

— O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan – 93,6 % (268,7 ming dona)

— Xorijda ishlab chiqarilgan – 6,4 % (18,4 ming dona)

2022- yilda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 312 764 ta yangi avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

     
Matbuot xizmati