15/09/2023

Joriy yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Yangiariq tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 31,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Shundan:

eksport hajmi – 16,7 mln dollar

import hajmi – 15,0 mln dollar.

Eksport tarkibida yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 7,7 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, import hajmida mashina va transport asbob-uskunalarining hajmi 10,5 mln dollarga teng bo‘lgan.

  Axborot xizmati