2024- yilning yanvar-aprel oyida viloyatimizning import hajmi 132,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 74,3 % darajada qayd etilgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning xorijiy davlatlarga tovar (xizmatlar) eksporti hajmi 116,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, quyidagi yirik hamkor davlatlarning umumiy ulushi 90,6 %ni tashkil qilgan:

2024- yilning 1- may holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining 97,5 %i yoki 3 754 tasini  ishlab chiqarish sanoati korxonalari tashkil qilgan.

Joriy yilning 1- may holatiga viloyatimizda  9 107 ta savdo korxonasi faoliyat yuritgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 109,8 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 112,6 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning 1- may holatiga viloyatda sanoat sohasida 3 849 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 2 106 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2024-yilning  yanvar-aprel oylarida viloyatimizda jami 1 247,6 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy hajm hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Ichki savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda dehqon va chorva bozorlarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan savdo hajmlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan viloyat statistika boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Bu avvalo, ilmiy tadqiqot ishlari, o‘quv seminarlari tashkil etish, iqtisodiyot yo‘nalishlarida birgalikda amaliy samarali faoliyatni olib borishda namoyon bo‘lmoqda.

Bugun, 24- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, uch nafar bolali uy xoʻjaliklar ulushi 18,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,9 trln so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 96,4 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining eksport hajmi 116,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 20,9 % ga ko‘paydi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 57,0 %i yoki 960,7 mlrd so‘mi to‘g‘ri keldi.

2024- yilning yanvar-aprel oyida viloyatimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi  1 350,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga kamaydi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 35,9 % ga kamaydi va 158,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.