28/05/2024

2024- yil yanvar-aprel oyida Yangibozor tumanida 97 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

Bu ko‘rsatkichning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 9,2 %ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining tarkibi quyidagicha:

 

savdoda – 37 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 19 ta

sanoatda – 18 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 ta 

axborot va aloqada – 4 ta

qurilishda  - 3 ta

tashish va saqlashda – 1 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 1 ta

boshqa turlari – 6 ta.

 

Axborot xizmati