28/05/2024

2024-yilning  yanvar-aprel oylarida Bog‘ot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 223,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 %ga oshgan.

Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 5,7 %ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga chakana savdo hajmi o‘rtacha 1 268,7 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibining 1,1 %i yirik korxonalar, 59,4 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, 38,4 %i uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati