2024- yilning yanvar-aprel oyida viloyatimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi  1 350,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga kamaydi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 35,9 % ga kamaydi va 158,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda umumiy hajmi 233,5 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning iqtisodiy holati statistik raqamlarda (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati bilan):

2024- yilning 1- may holatiga viloyatimiz bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 595 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yilning 1- may holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 623 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113 taga oshgan.

2024- yilning 1- may holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 249 ta tijorat korxona va tashkilotlarining 13 658 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning 1- may holatiga viloyatimizda 4 804 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

2024-yilning  1- may holatiga viloyatimizda 129 xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.

 Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida o‘tkazib kelinayotgan tanlanma kuzatuvlar statistik ma’lumotlarni shakllantirishda muhim  manba bo‘lib xizmat qiladi. 

2024- yilning  23- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Qurbanova ishtirokida Urganch tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida  respublikamizda 1 209 ta yangi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tashkil etilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-aprel oylarida qiymati 1 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2024- yilning 1- may holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 4 556 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz sanoatida yirik korxonalar tomonidan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,4 %, ishlab chiqarish hajmi 97,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar-aprel oylarida viloyatimiz bo‘yicha norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 30,7 %ni yoki   520,0 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,8 %ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati hududlari bo‘yicha kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari sohasidagi hajm ko‘rsatkichlari: