Joriy yilning 10 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 101,3 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % iga) to‘g‘ri keldi.
2022- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 6,1 %ga oshgan.
Mazkur tarmoqdagi yirik korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yil yanvar-oktabr oylari bilan solishtirilganda:
tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlari 6,0 %ga oshganligi, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlari 1,9 %ga kamayganligi, xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar 2,8 %ga oshganligi kuzatildi.
Axborot xizmati