12/12/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Yangibozor tumanida  260,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori ulush bino va inshootlar qurilishi ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 82,0 % yoki 213,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, qurilish ishlari tarkibida fuqarolik obyektlari qurilishi 17,7 %ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining ulushi 0,3 %ni tashkil etgan.

Tumanda umumiy qurilish ishlarining 49,9 %i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan.

 

Axborot xizmati