2021-2022- o‘quv yilining boshiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 48 ta professional ta’lim  muassasalarining 25 tasini kasb-hunar maktabi, 10 tasini kollej va 13 tasini texnikumlar tashkil qilgan.

2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 877 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 390 taga ko‘paygan.

2022- yilning   yanvar-mart oylarida Shovot tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,6 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3 709,7 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 96,8 %ini tashkil etgan.

2022– yilning yanvar– mart oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan  1 318,4 tonna baliq ovlangan.

Viloyatimizda 2022- yilning  yanvar-mart oylarida tirik vaznda  38,6 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar– martiga nisbatan 1,1 % ga ko‘p) ishlab chiqarilgan.

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimiz shu yilning 3 oyida xorijga 14,3 mln dollar qiymatidagi 28,9 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

2021/2022- o‘quv yili boshida mamlakatimizda akademik litseylar soni 86 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.

Hazorasp tumanida   2022- yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 160,8 mlrd so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  o‘sish 5,7 % ga teng bo‘lgan.

2022- yilning  1- aprel holatiga Yangibozor tumanida  faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 1 277 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,1 %ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart  oylarida  viloyat sanoat korxonalari tomonidan 26,6 mlrd so‘mlik  qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari  ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-mart  oylarida  viloyatda asosiy kapitalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 298,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022– yilning yanvar– mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 100,9 mln dona  tuxum ishlab chiqarilgan.

Viloyatimizda 2022- yilning  I choragida  210,8 ming tonna sut yetishtirilgan.

2022-yil yanvar-mart oylarida respublikamizda jami 77,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumanida  232,1 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.