24/03/2023

   Bugun, 24- mart kuni   Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O'tamuratov (Bog'ot tumanida), boshligning birinchi o‘rinbosari X.Egamov (Yangibozor tumanida), o'rinbosari U. Bardiyevlar ( tumanida) sanoat yo'nalishida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvida ishtirok etishdi.

   Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning choraklik kuzatuvi davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlarning faoliyati kuzatildi . Xususan, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning turi, o‘rtacha bir kunlik miqdori, summasi, haftalik ish kunlari soni kabi ma’lumotlar o‘rganildi.

Axborot xizmati