24/03/2023

Joriy yilning 24- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy mavzuda o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.Seminarda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlar va tuman (shahar) statistika bo‘limlari (onlayn) boshliqlari ishtirok etishdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan seminarda 2023-yil 09- mart kuni qabul qilingan “Aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-88-sonli qarori hamda 2023- yil 27- fevralda qabul qilingan “2023- yil uchun statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirilib o‘tildi.

 Axborot xizmati