23/03/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 176,4 mln AQSH dollariga yoki 2 % ga oshgan.

2 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 3,2 mlrd AQSH dollari va import 5,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 155 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan edi.

 Matbuot xizmati