24/03/2023

Joriy yilning  24- mart kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi L.Djabbarova Urganch tumanidagi “Qumravot” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan  fuqaro  Abdukarimov Maqsudning xonadonida  kuzatuv o‘tkazdilar.

Kuzatuv dasturi asosida olib borilgan  so‘rovnoma jarayonida  uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan  ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.

 Axborot xizmati