So‘nggi 3 yil ichida Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 108,3 foizni tashkil etdi.
Jami korxona va tashkilotlarning 16,1 foiz ulushi yoki 4 126 tasi sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shundan:
ishlab chiqarish sanoatida – 4 042 ta,
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida – 15 ta,
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida – 54 ta,
elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida – 15 ta korxona faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati