Xorazm viloyatida 2022– yilning 1– oktabr holatiga boqilayotgan parrandalarning umumiy bosh soni 6 271,5 mingtaga yetgan va 2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda 276,7 mingtaga (4,6%) ko‘paygan.

2022– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatdagi  barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  133,2 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 4,1 % ga ko‘p) ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida  shu yilning  9 oyi ichida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (6 780,8 mlrd so‘m)da iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng katta ulush  ishlab chiqaradigan sanoati (23,3 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (15,2 %) va turar-joy qurilishi (15,0 %) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning 9 oyida viloyatimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hajmi 289,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda  jami qurilish ishlarining 4,4 %ga teng bo‘lgan 158,4 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatiga joriy yilning  yanvar– sentabr oylarida  doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning soni 5 168 nafarni tashkil etgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 3,6 promilleni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 391,3 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,0 %ini) tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,9 mingta televizor eksport qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 36,5 ming tonna trikotaj yoki trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,8 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston havo yo‘llari orqali 3 mln yo‘lovchi tashilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va  2 937,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Viloyatimizda shu yilning 9 oyida  barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan  hajmi 9 584,4 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 2022– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 129,9 ming tonna meva (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 103,1 % ) yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi  890,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning 9 oyida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1937,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 637,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, bu shu davrda viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 62,8%ga tengdir.

Joriy yilning  yanvar– sentabr oylarida  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan avtomobil transporti orqali 308,4 mln yo‘lovchi tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat sanoatida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi (3 357,6 mlrd so‘m)ning shahar va tumanlar kesimidagi taqsimlanishi: