2023- yilning 16- may kuni Xiva shahrida statistika idoralari mas’ullari tomonidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalaridagi mahsulotlarning narxlarini o‘rganish ishlari olib borildi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va shshar statistika bo‘limi narx registratori D.Rahimovlar savdo shahobchalarida sotilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narx indeksini o‘rgandilar.
Kuzatuv davomida mutaxassislar tomonidan mahsulotlarning narx ko‘rsatkichlari, ularning o‘zgarish dinamikasi va shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi.