Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 3 oyida Bog‘ot tumanida 275,4 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,1 %ni tashkil qilgan.
Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining 11,7 %i (32,2 mlrd so‘mi) dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida tumanda 1446,7 tonna sabzavot yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich viloyatda yetishtirilgan umumiy mahsulot hajmining 31,3 %ini tashkil etgan.
Axborot xizmati