Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 5,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 471 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan.
 
  Yuk avtomobillari eksporti 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 377 taga oshgan.
 
  O‘zbekiston 2023- yilning dastlabki 3 oyida eng ko‘p yuk avtomobillarini eksport qilgan davlatlar:
 
 Qirg‘iz R. – 322 dona
 
 Qozog‘iston – 122 dona
 
 Ozarbayjon – 14 dona
 
 Tojikiston – 10 dona
 
 
 
16/05/2023



