2022– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan  viloyat bo‘yicha 403,7 ming t. sabzavot yetishtirildi.

Bugun,  4- noyabr  kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-798, 28.10.2022 y.) bilan xodimlarni tanishtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022- yilning sentabr oyida 448 ta Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Toshkent metropolitenida jami 94 418,3 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, o‘rtacha bir kunda metropoliten transporti xizmatidan 345,8 ming nafar yo‘lovchilar foydalangan.

Joriy yilning 9 oyida viloyat sanoat korxonalari tomonidan   2 962,7 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Xorazm viloyatida shu yilning 9 oyida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan  o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1003,2 mlrd so‘mni (jamiga nisbatan ulushi 14,8 %) tashkil etdi.

Shu yilning 9 oyida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 403,7 ming t. sabzavot (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 0,2 % ga ko‘p) yetishtirildi.

2022 – yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatda barcha xo‘jalik toifalari tomonidan  128,1 ming t. kartoshka (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 20,2 %ga ko‘p) yetishtirildi.

Xorazm viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 133,6 million AQSh dollarini yoki umumiy importning 34,0 %ini tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-sentyabr  oylarida viloyatimiz xorijga  qiymati 31,1 mln AQSH dollarlik jami eksportning 15,6 %ga teng bo‘lgan turli xil tayyor buyumlarni eksport qilgan.

2022- yil yanvar- sentabr oylarida viloyat jami chakana savdo tovar aylanmasining 81,0% yoki 7 276,7 mlrd so‘mi  kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning 1- oktabr holatiga 4 751 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 544 taga yoki 12,9 foizga oshgan.

2022-  yilning  3- noyabr  kuni Urganch shahridagi   “Ma’rifat”  mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining  “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib  etish chora-tadbirlari doirasida seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida turar-joy qurilishida jami 15,3 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning oktabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,2 % ga oshgan.

Joriy yilning 9 oyida viloyatda amalga oshirilgan xizmatlar eksporti hajmi 12,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 6,0 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida ijtimoiy soha va iqtisodiy rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2022- yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6780,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga ko‘paygan.