2023- yil yanvar-mart oylarida Urganch tumanida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo tovar aylanmasi hajmi 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga oshgan va 9,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Joriy yilning 3 oyida tumanning chakana savdo tovar aylanmasi 220,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 4,7 %ga o‘sishi kuzatilgan.
Viloyat umumiy chakana savdo hajmida Urganch tumanining ulushi 10,5 %ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati