23/06/2021

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “Ozbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

Xususan, Xismatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig’i Abdug’ofur Mirzohidov  boshchiligida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimi Sardor Guseinov bilan hamkorlikda Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan tadbir tashkil qilindi.

Tadbir davomida viloyatlardagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.