22/09/2026

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 10-sentabrdagi 190-sonli  “Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni statistika tizimida bir nechta yoʻnalishlarda tub oʻzgarishlarni amalga oshirish, avvalo tizim faoliyatini sifat jihatidan yuqori bosqichga koʻtarish, maʼlumotlarning aniqligi va shaffofligiga erishish, statistik maʼlumotlarni integratsiyalash jarayonini jadallashtirishni nazarda tutadi.

2026-yilning 22-sentyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida xodimlarga ushbu farmonning mazmun-mohiyati, vazifalari va maqsadlarini tushuntirish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Milliy statistika qoʻmitasining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshligʻi A.Yu.Mirzaxidov, boshqarma rahbariyati va xodimlari, tuman (shahar) statistika boʻlimi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda  “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasida belgilangan milliy statistika tizimini rivojlantirish boʻyicha 11 ta strategik maqsad, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari hamda kutilayotgan oʻzgarishlar va natijalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika tizimini yanada modernizatsiya qilishga qaratilgan “Statistikani rivojlantirish - 2030” strategiyasining ishlab chiqilishi sohadagi sifat oʻzgarishlarini amalga oshirishga zamin yaratadi. 

 

Axborot xizmati