22/09/2026

Joriy yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda 4 865 ta fermer xoʻjaligi faoliyat yuritmoqda.

2025-yilning shu davri bilan taqqoslaganda, ularning soni 499 taga oshdi (oʻsish koʻrsatkichi 11,4  foiz).

Hududlar orasida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarining eng koʻpi Yangibozor tumaniga toʻgʻri kelgan va 628 tani tashkil qilgan.

Bu viloyatdagi jami fermer xoʻjaliklarining 12,9 % ulushiga tengdir.

Shuningdek, Xonqa (615 ta), Shovot (606 ta),  Gurlan (531 ta) tumanlarida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari soni koʻp boʻlgan.

 

 

Axborot xizmati