21/09/2026

2026-yil  yanvar-iyul oylarida Urganch shahriga xorijdan qiymati 126,9 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar import qilingan.

Bu koʻrsatkich viloyat importi umumiy hajmining 42,9 % ulushini tashkil etadi.

2025-yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, import hajmi 18,1 % ga koʻpaygan.

Eng koʻp import qilingan tovar (xizmatlar):

mashina va transport asbob-uskunalari – 45,6 mln dollar

nooziq-ovqat xom ashyo – 34,7 mln dollar

oziq-ovqat mahsulotlari – 27,8 mln dollar

sanoat tovarlari – 7,8 mln dollar

kimyoviy vositalar – 4,2 mln dollar

turli xil tayyor buyumlar – 3,6 mln dollar

 

 Axborot xizmati