21/09/2026

“Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini amalga oshirish quyidagi uch bosqichda tashkil etiladi:

2026-yil – asoslarni yaratish bosqichi. Ushbu bosqichda tashkiliy-huquqiy asoslar yaratiladi, sifatni taʼminlash, statistik kuzatuvlarni takomillashtirish hamda maʼmuriy maʼlumotlarni integratsiya qilish boʻyicha asosiy mexanizmlar shakllantiriladi.

2027-2028-yillar – kengaytirish bosqichi. Ushbu davrda ustuvor statistika sohalarini modernizatsiya qilish, maʼmuriy maʼlumotlar va muqobil maʼlumotlar manbalaridan foydalanishni kengaytirish, takrorlanuvchi hisobot shakllarini bosqichma-bosqich qisqartirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda raqamlashtirish loyihalari amalga oshiriladi.

2029-2030-yillar – mustahkamlash bosqichi. Ushbu bosqichda islohotlar statistika amaliyotiga toʻliq integratsiya qilinadi, yaʼni uzluksiz takomillashtirish mexanizmlari joriy etiladi, sinov loyihalari natijalari baholanadi hamda samarali yechimlar asosiy statistik ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etiladi.

"Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-190-sonli Prezident farmoni.