22/09/2026

2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra,  viloyatimizda  5 162 ta oilaviy korxona roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 3 776 tasi faoliyat yuritgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy korxonalar soni  17 taga kamaygan.

Hududlar kesimidagi tahlillarga koʻra, faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning eng koʻpi Urganch shahri (526 ta), Urganch tumani (485 ta) va Xiva shahriga (444 ta) toʻgʻri kelgan.

Joriy yilning 8 oyida viloyatda 174 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

 

Axborot xizmati