23/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda   dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini samarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.

Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash  maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etilmoqda.

Bugun, 23- iyun kuni o‘quv seminarlari  viloyatning  Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy soha tashkilotlarining mehnat hisobotlarini topshirishga mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi.

Amaliy seminarlar boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Z.Bobojonov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari N.Sultonmuratova hamda Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi  bosh mutaxassisi D.Ataxanova, tegishli tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda. Xususan, mutaxassislar 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisobotini eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish mexanizmlari, tartibi va afzalliklari bo‘yicha atroflicha nazariy va amaliy ma’lumotlar  berishdi. Shuningdek, seminarda hisobot topshirishning bu usuli tizimda har qanday korrupsiya bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi alohida uqtirildi.