Mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining holati, ayollarning reproduktiv salomatligi va bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida joriy yilning 5- aprel sanasidan e’tiboran o‘tkazila boshlangan multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari davom etmoqda. Shu kunga qadar viloyatimizning Urganch shahri, Tuproqqal’a, Hazorasp, Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Bog‘ot, Xiva tumanlari hamda Xiva shahrida viloyat statistika boshqarmasining ishchi guruhi o‘rganish ishlarini yakuniga etkazdi.
Ayni kunda o‘rganish ishlari Xonqa tumanining “Fidoyilar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan xonadonlarda o‘tkazilmoqda.
Axborot xizmati