Shu yilning 22- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Matyoqubov O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasida “Xiva shahrida 2021- yilning noyabr oyida sinov tariqasida o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘rilayotgan tayyorgarlikning borishi” mavzusida tashkil etilgan brifingda ishtirok etdi.