Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,4 % ni tashkil qilgan. Shu yilning yanvar-aprel oylarida bu ko‘rsatkich 30,5 % ga teng bo‘lgan edi.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSA dagi ulushi 67,6 % (yanvar-aprel oylarida – 69,5 %) bo‘lgan.
Tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida yuqori ulushga ega davlatlar:
- Xitoy Xalq Respublikasi – 22,7 %,
- Braziliya – 21,3 %,
- Rossiya Federatsiyasi – 15,4 %,
- Turkiya – 10,1 %,
- Qirg‘iz Respublikasi – 7,0 %,
- Qozog‘iston – 4,4 %,
- Koreya Respublikasi – 4,2 %.
Axborot xizmati