Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 4 402,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020- yilning shu davriga nisbatan fizik hajm indeksi 106,6 % ni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi:
- Tuproqqal’a tumani – 1 989,5 mlrd.so‘m,
- Urganch shahri – 761,2 mlrd.so‘m,
- Urganch tumani – 259,1 mlrd.so‘m,
- Shovot tumani – 235,2 mlrd.so‘m,
- Xonqa tumani – 215,4 mlrd.so‘m,
- Qo‘shko‘pir tumani – 169,7 mlrd.so‘m,
- Bog‘ot tumani – 166,6 mlrd.so‘m,
- Hazorasp tumani – 146,3 mlrd.so‘m,
- Yangiariq tumani – 84,6 mlrd.so‘m,
- Xiva tumani – 73,5 mlrd.so‘m,
- Xiva shahri – 51,6 mlrd.so‘m,
- Yangibozor tumani – 34,6 mlrd.so‘m.
Axborot xizmati