12/06/2026

Shu kunlarda Urganch xalqaro aeroportida viloyatimizga kiruvchi va chiquvchi turizm oqimi va u bilan bogʻliq boshqa statistik koʻrsatkichlarni aniqlashga qaratilgan tanlanma  kuzatuv oʻtkazilmoqda.

Kuzatuvda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislariva volonterlar ishtirok etmoqdalar.

Oʻtkazilayotgan tanlanma kuzatuvning asosiy maqsadi viloyatimizning tashqi savdo koʻrsatkichlarida turizm xizmatlari hajmini toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlarni shakllantirish boʻyicha Xorazm viloyati hududiga kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tashrif buyuruvchilarning xarajatlarini oʻrganishdan iboratdir.

 

Axborot xizmati