12/06/2026

Bugun, 12-iyun kuni Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi V.O.Toʻxtayev Xorazm viloyati statistika boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida xodimlar bilan korrupsiya va uning oqibatlari xususida suhbatlashish barobarida, har bir xodimning kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli koʻrinishdagi noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi lozimligi alohida taʻkidlandi.

 Shu bilan bir qatorda sohaga oid  meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli Qonuni, Prezidentning “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-27 sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-75-sonli Qarorlari, ulardan kelib chiqadigan majburiyat va masʻuliyatlari xodimlarga yana bir marotaba tushuntirildi.

 

Axborot xizmati