12/06/2026

2026- yilning yanvar-aprel  oylarida Urganch tumanida umumiy hajmi 666,6 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻsish surʼati 2025-yilning shu davriga nisbatan 118,5 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar jami hajmida yuqori ulush transport xizmatlari hissasiga toʻgʻri keldi va 31,8 % ni yoki 211,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Shundan  137,2 mlrd soʻmini avtotransport xizmatlari tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-aprel oyi bilan taqqoslaganda, tumanda transport xizmatlarining oʻsish surʼati 114,6 % darajada qayd etildi.

 

Axborot xizmati