2026-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 52,6 mln AQSH dollarilik sanoat tovarlarini eksport qildi.
Bu koʻrsatkich viloyat eksportining 34,1 % ini tashkil etadi.
2025-yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda, mahsulot eksporti 84,2 % ga koʻpaygan.
Sanoat tovarlari eksporti tarkibida yuqori hajm toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar hissasiga toʻgʻri kelgan va 48,0 mln dollarni (ulushi 91,3 %) tashkil qilgan.
Eng koʻp sanoat tovarlari eksport qilingan davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi – 21,8 mln dollar
Qozogʻiston – 11,6 mln dollar
Turkiya – 10,9 mln dollar.

Axborot xizmati



